date

Norvegiya Italiyani mundial yoʻlida toʻxtatdi


Jahon chempionati saralash bosqichining oxirgi turida Italiya terma jamoasiga Norvegiyani 9 ta gol farqi bilan magʻlub etish talab qilindi. Ammo Norvegiya Milliy terma jamoasi Milan shahridagi afsonaviy 'San-Siro' stadioniga bunday imkoniyatni bermasdan, oʻyin taqdirini oʻz tomoniga ogʻdirishga qatʼiy qaror bilan keldi.

Oʻyinning dastlabki daqiqalarida Italiya jamoasi oʻz muxlislari oldida hisobni ochdi. 11-daqiqada Pio Espozito Di Marko va Retegining chiroyli hujumini golga aylantirdi.

Bu holatda Italiya oʻyinni toʻliq nazorat ostiga olgandek koʻrinsa-da, Norvegiya jamoasi ikkinchi boʻlimda butunlay boshqa taktika bilan maydonga chiqdi. Norvegiya oʻyinchilari, ayniqsa, hujumda faol harakat qilib, Italiya himoyasini qiyin ahvolga solib qoʻydi.

63-daqiqada Antonio Nusa hisobni tenglashtirdi. 78-daqiqada esa "Manchester Siti"ning yulduz futbolchisi Erling Holann oʻzining ilk golini kiritib, Norvegiyani oldinga olib chiqdi.

Oradan bir daqiqa oʻtib, yana Holann hisobni 3:1 koʻrinishiga olib keldi. Yakuniy zarbani esa 90-daqiqada Yorgen Larsen berdi va hisobni 4:1 koʻrinishiga aylantirdi.

Ushbu gʻalaba Norvegiyaga guruh bosqichida birinchi oʻrinni taʼminlash imkonini berdi, shu bilan birga ular 1998-yildan buyon ilk bor jahon chempionati yoʻllanmasini qoʻlga kiritishdi. Italiya esa endi pley-off bosqichida oʻynashi kerak boʻladi.

Agar ular bu bosqichdan oʻtolmasa, ketma-ket uchinchi jahon chempionatida ishtirok etmasdan qolishadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Norvegiya Italiyani mundial yoʻlida toʻxtatdi