date

Tiav Ibrahimovich bilan ishlashni tasvirladi


Germaniyalik himoyachi Malik Tiav bir necha yil davomida "Milan" jamoasida o'ynagan va jurnalistlarga Zlatan Ibrahimovich bilan ishlash nimani anglatishini so'zlab berdi. Ibrahimovich talabchanligi bilan tanilgan.

Tiavning so'zlariga ko'ra, Zlatan futbolchilarga rivojlanish va o'z ustida ishlashga yordam berish maqsadida ularga bosim o'tkazadi. "Biz u bilan juda ko'p suhbatlashganmiz.

Zlatan o'z fikrlarini aniq ifodalashni yaxshi biladi. U nimani xohlashini ochiq-oydin ko'rsatadi va buni sizning foydangiz uchun qiladi.

Shuning uchun u bilan ko'p muloqotlarimiz bo'lgan", – deya Malik Tiavning so'zlarini keltiradi pianetamilan.it. Hozirda germaniyalik futbolchi Angliyaning "Nyukasl" jamoasi sharafini himoya qilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Tiav Ibrahimovich bilan ishlashni tasvirladi