
Manchester Yunayted klubi kelasi yil yozida Brayton yarim himoyachisi Karlos Balebani o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda. Kamerunlik futbolchi anchadan beri «qizil iblislar»ning eʼtiborida bo‘lib keladi, biroq «chingillar» o‘z yulduz futbolchisini qo‘yib yuborishga shoshilmayapti va katta tovon puli talab qilmoqda.
Nufuzli insayder Fabritsio Romanoning maʼlumotiga ko‘ra, Manchester Yunayted Balebani 2026 yil yozgi transferlar oynasidagi asosiy maqsad sifatida belgilagan. O‘yinchining o‘zi ham ushbu o‘tishga qiziqish bildirgan.
21 yoshli yarim himoyachining qiymati Transfermarkt maʼlumotlariga ko‘ra, 60 million yevroga baholangan. Isteʼdodli futbolchining Brayton bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha tuzilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.