
2026-yilgi Jahon chempionati saralashi doirasida bugun Germaniya terma jamoasi Slovakiya terma jamoasini qabul qiladi. «Evro-Futbol.Ru» nashri uchrashuvdagi ehtimoliy tarkiblarni taxmin qildi.
Germaniya terma jamoasi ehtimoliy tarkibi: Bauman (darvozabon), Raum, Ta, Anton, Baku, Pavlovich, Goretska, Sane, Virts, Gnabri, Voltemade. Slovakiya terma jamoasi ehtimoliy tarkibi: Dubravka (darvozabon), Gantsko, Obert, Shkrinyar, Dyomber, Rigo, Lobotka, Bero, Garaslin, Strelets, Dyurish.
Ilk turda Slovakiya Germaniya ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozongan edi. Beshinchi turda Slovakiya Shimoliy Irlandiyani 1:0 hisobida mag‘lub etdi, Germaniya esa Lyuksemburgga qarshi 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Germaniya jahon chempionatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanmani qo‘lga kiritish uchun durang natija ham yetarli bo‘ladi. Slovakiya esa mundial yo‘llanmasi uchun g‘alaba qozonishi zarur.
Germaniya va Slovakiya jamoalari bugun, 17-sentabr kuni soat 22:45 da Leyptsig shahridagi «Red Bull Arena» stadionida o‘zaro maydonga tushadilar. Mazkur uchrashuvning matnli onlayn translyatsiyasini kuzatib boring!
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.