date

Polsha bosh murabbiyi: "Jamoa chegarasini aytish qiyin"


Polsha milliy jamoasi bosh murabbiyi Yan Urban JCh saralash bosqichidagi Malta bilan o‘yindan oldin o‘z fikrlarini bildirdi. O‘tgan turda Malta kutilmagan natija qayd etib, Finlyandiyani 1:0 hisobida mag‘lub etgan bo‘lsa, Polsha va Niderlandiya 1:1 hisobida durang o‘ynadi.

"Jamoamizdagi hamma bir-birini yaxshi tushunishi uchun ishlashimiz kerak. Buning uchun barqarorlik zarur.

Agar bu bo‘lmasa, o‘yin kutganimizdek kechmasligi mumkin. Ushbu jamoaning imkoniyat chegarasini aytish qiyin.

Lekin men jamoaning rivojlanayotganidan xursandman", – deydi Urban Polsha futbol assotsiatsiyasining rasmiy saytiga bergan intervyusida. "O‘zgarishlar bo‘ladi.

Bu turli sabablarga ko‘ra yuz beradi – ba'zida sariq kartochkalar, ba'zida jarohatlar sabab, ba'zida esa kimdir o‘z imkoniyatini kutadi", – qo‘shimcha qildi Urban. Polsha guruhda birinchi o‘rinni egallash imkoniyatini nazariy jihatdan saqlab qolmoqda.

Guruhda hozirda Niderlandiya 17 ochko bilan birinchi o‘rinda, Polsha 14 ochko bilan ikkinchi, Finlyandiya 10 ochko bilan uchinchi, Malta 5 ochko va Litva esa 3 ochkoga ega.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Polsha bosh murabbiyi: "Jamoa chegarasini aytish qiyin"