date

O‘zbekiston U-17 Italiyaga qarshi jangga to‘liq shaylanmoqda

O‘zbekiston U-17 Italiyaga qarshi jangga to‘liq shaylanmoqda

Jahon chempionati nimchorak finali ostonasida O‘zbekiston U-17 terma jamoasi bosh murabbiyi Islom Ismoilov jamoa holati, tayyorgarlik jarayoni va raqib haqida fikrlarini baham ko‘rdi. Unga ko‘ra, yosh termalarda kayfiyat yuqori, jamoa esa ertangi hal qiluvchi bahs uchun jiddiy ruhda tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

Ismoilovning ta’kidlashicha, italyanlar bilan bo‘ladigan o‘yinga tayyorgarlik boshqa bahslardan farq qilmaydi — jamoa har bir bellashuvga bor kuchini sarflashga o‘rgangan. «Yigitlarimizning kayfiyati juda yaxshi. Xudo xohlasa, 100 foiz holatda maydonga tushamiz», — deydi murabbiy.

Shu bilan birga, u jamoada kichik jarohati bor futbolchilar borligini yashirmadi. Eng katta yo‘qotish — diskvalifikatsiya tufayli muhim bellashuvda ishtirok eta olmaydigan Muhammad Hakimov. Murabbiy bu o‘rinni to‘ldirish bo‘yicha yechimlar borligini qo‘shimcha qildi.

Islom Ismoilov Italiya termasini ham puxta o‘rganib chiqqanini ta’kidladi. «Ularning JCHdagi barcha o‘yinlarini ko‘rib chiqdik. Bu nafaqat Yevropaning, balki butun musobaqaning eng kuchli jamoalaridan biri. Lekin bizda xarakter bor. Yigitlarimizning ichki ruhiga ishonaman», — dedi u.

Murabbiyga ko‘ra, jamoa Italiyaning texnik ustunligidan qo‘rqmaydi, aksincha, o‘z o‘yinini ko‘rsatish va maydondagi har bir daqiqada kurashish niyatida. «O‘ylaymanki, ertaga bolalar o‘z potensialiga to‘liq e’tibor qaratsa, muxlislarimizni xursand qila olamiz», — deya qo‘shimcha qildi Ismoilov.

Eslatib o‘tamiz, JCH U-17 nimchorak finalidagi Italiya – O‘zbekiston uchrashuvi 18-noyabr kuni soat 17:30 da start oladi. Muxlislar esa yoshlarimizning navbatdagi sensatsiya kutib turibdi, degan umidda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston U-17 Italiyaga qarshi jangga to‘liq shaylanmoqda