date

Barselona Rafinya haqida yaxshi xabar berdi

Barselona Rafinya haqida yaxshi xabar berdi
Barselona klubi o'z muxlislarini vinger Rafinya haqidagi yaxshi xabar bilan xursand qildi. Rasmiy ma'lumotlarga ko'ra, 28 yoshli braziliyalik futbolchi seshanba kuni mashg'ulotlarni qayta boshladi.

Bu haqda "ko'k-anorranglilar"ning rasmiy veb-saytida e'lon qilindi. Rafinya sentyabr oyining oxirida jarohat olgan edi.

Keyinchalik uning ahvoli og'irlashib, tiklanish muddati uzaytirildi. Avvalroq, Rafinya La Liga doirasidagi shanba kungi Atletikka qarshi bahsda o'ynashga tayyor bo'lishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi.

Eslatib o'tamiz, Barselona va Atletik jamoalari 22-noyabr kuni yangilangan Kamp Nou stadionida to'qnash keladi. Katalon klubi o'yinlarni cheklangan sig'im bilan o'tkazishga ruxsat oldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Barselona Rafinya haqida yaxshi xabar berdi