Tiav: Milanning muvaffaqiyati meni ajablantirmaydi

Tiav: Milanning muvaffaqiyati meni ajablantirmaydi

Tiav: Milanning muvaffaqiyati meni ajablantirmaydi
Italiyaning "Milan" futbol klubi sobiq himoyachisi Malik Tiav "rossoneri" jamoasining joriy mavsumdagi muvaffaqiyatlarini kutilgan holat sifatida baholadi. Klub bosh murabbiyini almashtirgan va hozirda A Seriya chempionatida yetakchilik uchun kurashayotgan "Milan" haqida Tiav quyidagicha fikr bildirdi: "Men ajablanmayman, chunki mening sobiq himoyadagi jamoadoshlarim Pavlovich, Gabbia va Tomori juda yaxshi o'ynashmoqda.

Allegri bilan klub juda kuchli, u tajribali murabbiy. Men "Milan"ning bu mavsumdagi ayrim o'yinlarini tomosha qildim, jamoa juda yaxshi himoyalanmoqda".

Hozirda "Milan" Italiya chempionati turnir jadvalida uchinchi o'rinni egallab turibdi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar