
Chelsea klubi vingeri Estevao Vilyan Braziliya milliy jamoasi safida Tunisga qarshi o'tgan o'rtoqlik uchrashuvida yagona gol muallifi bo'ldi. Uchrashuv seshanba kuni bo'lib o'tdi va 1:1 hisobida yakunlandi.
18 yoshli futbolchi birinchi bo'limning oxirida penaltidan gol urdi. Bu uning Braziliya milliy jamoasi safidagi 11 o'yinda kiritgan beshinchi goli bo'ldi.
Estevao ushbu beshta golning barchasini kuz faslida, Karlo Anchelotti boshqaruvi ostida amalga oshirdi. StatMuse ma'lumotlariga ko'ra, italiyalik murabbiy jamoani boshqarganidan beri Estevao Braziliya safida Vinisius Junior va Rodrigo (Madridning Real klubi futbolchilari) birgalikda urgan gollardan ko'proq gol urgan.
Ularning har biri faqat ikki tadan gol kiritgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.