
Madridning "Real" klubi futbolchisi, 18 yoshli argentinalik Franco Mastantuono jamoasidagi ikki jamoadoshi haqida fikrlarini bildirdi. Ushbu yilning avgust oyida "Qirollik klubi" safiga qoʻshilgan yosh futbolchi yarim himoyachi Jud Bellingem va hujumchi Kilian Mbappeni alohida e'tirof etdi.
"Jud va Kilian meni jamoada eng koʻp hayratga soldi. Bellingem ajoyib futbolchi, uning texnikasi juda kuchli va u oʻyinga katta ta'sir oʻtkazadi.
Mbappe esa tugʻma hujumchi, haqiqiy top futbolchi", – dedi Mastantuono ispan OAVlariga bergan intervyusida. 23-noyabr kuni "Real" La Liga 13-turida oʻz maydonida "Elche" jamoasini qabul qiladi.
Ayni paytda Xabi Alonso boshchiligidagi jamoa Ispaniya chempionati turnir jadvalida birinchi oʻrinda bormoqda va "Barselona"ni uch ochkoga ortda qoldirgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.