date

Shotlandiya 1998 yildan beri ilk bor mundialda

Shotlandiya 1998 yildan beri ilk bor mundialda
Shotlandiya terma jamoasi Daniyani magʻlub etib, 2026 yilgi Jahon chempionatiga toʻgʻridan-toʻgʻri yoʻllanma oldi (4:2). Stiv Klark boshchiligidagi jamoaga faqat gʻalaba kerak edi va kerakli natija oʻyin oxirida qoʻlga kiritildi.

Mehmonlar 82-daqiqada hisobni tenglashtirishdi, biroq shotlandlar 93-daqiqada Kiran Tirni yordamida yana oldinga chiqishdi. 99-daqiqada esa Kenni Maklin markaziy chiziqdan aniq zarba yoʻllab, Daniyaning imkoniyatlarini butkul yoʻqqa chiqardi.

Shotlandiya terma jamoasi soʻnggi olti mundialning birortasiga chiqa olmagan edi. Endi jamoa 1998 yildan beri ilk bor Jahon chempionatida ishtirok etadi.

Daniya esa yoʻllanma uchun bahorni kutib, pley-off oʻyinlarida kurash olib boradi. 2026 yilgi Jahon chempionatining final bosqichi AQSh, Kanada va Meksikada 11 iyundan 19 iyulgacha oʻtkaziladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Shotlandiya 1998 yildan beri ilk bor mundialda