Erling Holand Yevropa saralashida eng yaxshi toʻpurar boʻldi

Erling Holand Yevropa saralashida eng yaxshi toʻpurar boʻldi
Norvegiya terma jamoasi hujumchisi Erling Holand 2026-yilgi Jahon chempionati Yevropa saralash bosqichida eng yaxshi toʻpurar boʻlish uchun ishonchli tarzda peshqadamlik qildi. "Manchester Siti" vakili saralashning sakkizta uchrashuvida raqib darvozasini 16 marta ishgʻol etishga muvaffaq boʻldi.

25 yoshli futbolchi UEFA hududidagi toʻpurarlar reytingida yaqqol ustunlik qildi. Eng yaqin taʼqibchilari boʻlgan Niderlandiyalik Memfis Depay, Avstriyalik Marko Arnautovich va Angliyalik Garri Keyn bor-yoʻgʻi sakkiztadan gol urib, Holandning natijasiga yarmi bilan yetib keldi.

Norvegiya terma jamoasi 1998-yildan beri ilk bor Jahon chempionatida ishtirok etadi. Erling Holand uchun esa 2026-yilgi mundial milliy jamoa bilan oʻtkazadigan birinchi katta turnir boʻladi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar