date

Yilning eng yaxshi murabbiyi nomzodlari eʼlon qilindi


Joriy yil oxirida Globe Soccer Awards taqdimoti doirasida yilning eng yaxshi futbol murabbiyi aniqlanadi. Mukofot tashkilotchilari tomonidan maʼlum qilinishicha, ushbu nom uchun quyidagi murabbiylar kurash olib boradi: Xabi Alonso, Mikel Arteta, Antonio Konte, Luis Enrike, Xans-Diter Flik, Eddi Xau, Vensan Kompani, Entso Mareska, Roberto Martines va Arne Slot.

Oʻtgan yili ushbu nominatsiyada Madridning "Real" klubi sobiq bosh murabbiyi Karlo Anchelotti gʻolib boʻlgandi. Globe Soccer Awards taqdimoti 28-dekabr kuni Dubay (BAA) shahrida boʻlib oʻtadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Yilning eng yaxshi murabbiyi nomzodlari eʼlon qilindi