
O‘zbekistonlik tennischi Denis Istomin serbiyalik Novak Jokovich ustidan 7:6 (10:8), 5:7, 2:6, 7:6 (7:5), 6:4 hisobida qozongan g‘alabasi haqida fikr bildirib o‘tdi.
«Novakdan uzr so‘rayman va uning uchun afsusdaman, chunki bugun men shu qadar yaxshi o‘yin ko‘rsatdim. Hattoki o‘zimni o‘zim hayron qoldira oldim.
Jamoamga, onamga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Sizlar juda yaxshi ishladingiz. Uchinchi setdan boshlab o‘zimda og‘riq his qila boshlagandim, shu boisdan ham bu uchrashuvda qanday qilib g‘alaba qozonganimni aytib bera olmayman», — deya gapirdi Istomin kortning o‘zida bergan intervyusida. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar