date

Arteta: Gvardiola futbolchi sifatida mening qahramonim edi


“Arsenal” bosh murabbiyi Mikel Arteta o‘z do‘sti, hamkasbi va raqibi Xosep Gvardiola haqida o‘z fikrlarini bildirdi. “Men uni 15 yoshimda uchratganman.

U futbolchi sifatida mening qahramonim edi. Keyinchalik biz birga ishladik va bu mening hayotimdagi eng yaxshi davrlardan biri bo‘ldi.

Agar hozir men ushbu lavozimda bo‘lsam, bu ko‘p jihatdan uning yordami bilan bo‘lgan,” – dedi Arteta Sky Sports nashriga. Mikel Arteta 2016-2019 yillar davomida “Manchester Siti”da Xosep Gvardiolaning murabbiylar shtabida ishlagan, so‘ngra “Arsenal”ni boshqarishni boshlagan.

Shu o‘rinda, hozirda Artetaning “Arsenal”i Angliya Premyer-ligasida peshqadamlik qilmoqda. Gvardiolaning “Manchester Siti” jamoasi esa 22 ochko bilan ikkinchi o‘rinda, birinchi o‘rindan 4 ochkoga ortda qolmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Arteta: Gvardiola futbolchi sifatida mening qahramonim edi