Militao tiklanish muddati ma’lum qilindi

Militao tiklanish muddati ma’lum qilindi
Braziliya terma jamoasi tarkibida jarohat olgan "Real" himoyachisi Eder Militaoning tiklanish muddati haqida ma'lumot paydo bo‘ldi. Madrid klubi futbolchining tashxisi haqida xabar berdi, ammo tiklanish muddati bo‘yicha rasmiy bayonot bermadi.

Marca nashrining xabariga ko‘ra, Militao to‘liq tiklanishi uchun taxminan ikki hafta kerak bo‘ladi. Braziliyalik futbolchi "Real"ning 23-noyabr kuni "Elche", 26-noyabr kuni "Olimpiakos", 30-noyabr kuni "Jirona" va 3-dekabr kuni "Atletik"ga qarshi o‘yinlarini o‘tkazib yuborishi mumkin.

Hozirda Xabi Alonsoning ixtiyorida uchta markaziy himoyachi – Din Xoysen, Raul Asensio va David Alaba bor. "Real" Ispaniya chempionatida peshqadamlik qilmoqda va ikkinchi o‘rindagi "Barselona"ni uch ochkoga ortda qoldirgan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar