
Lill klubi yarim himoyachisi Ayub Buaddi Yevropaning bir qator top jamoalari diqqat markazida. Jurnalist Ekrem Konur xabariga koʻra, ushbu isteʼdodli futbolchini oʻz safiga qoʻshib olish uchun kurashda PSJ yetakchilik qilmoqda.
Madridning Real klubi, Manchester Yunayted, Arsenal, Bavariya va Yuventus ham Buaddiga qiziqmoqda. Lill klubi 18 yoshli futbolchini transfer qilish uchun taxminan 40–45 million yevro talab qilmoqda.
Ayub Buaddi joriy mavsumda Lill safida 16 ta oʻyinda maydonga tushib, bitta golli uzatmani amalga oshirgan. Transfermarkt portali futbolchining narxini 30 million yevroga baholagan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.