date

Messi: "Karyeramni Barselonada yakunlamoqchi edim"


Inter Mayami hujumchisi Lionel Messi "Barselona" bilan qaygʻuli xayrlashuvni yana bir bor esladi va kelgusidagi rejalari haqida soʻzlab berdi. Argentina terma jamoasi sardori 2021-yilning yozida "koʻk-anorranglilar" safini tark etgan edi.

Oʻsha vaqtda uning shartnomasi muddati tugagan. Messi futbolchilik faoliyatini boshlaganidan beri "Barselona" klubi sharafini himoya qilib kelgan edi.

"Men karyeramni "Barselona"da yakunlamoqchi edim, biroq afsuski, sharoitlar boshqacha boʻldi. Hozircha Mayamida yana bir necha yil qolishni rejalashtirayapman, lekin kelajakda albatta Barselonaga qaytaman.

Bu mening uyim, men u yerni sogʻindim", – dedi Messi Sport nashriga bergan intervyusida. Bundan bir necha oy avval 38 yoshli futbolchi "Inter Mayami" bilan shartnomasini 2028-yil oxirigacha uzaytirdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Messi: "Karyeramni Barselonada yakunlamoqchi edim"