date

Manchester Siti Foden bilan shartnomani uzaytiradi


Manchester Siti hujumkor yarim himoyachisi Fil Foden klub bilan muzokaralar olib boradi. Jamoa rahbariyati o'zining yulduz tarbiyalanuvchisi bilan shartnomani uzaytirishni rejalashtirmoqda.

Bu haqda jurnalist Jek Gagan xabar berdi. 25 yoshli futbolchining amaldagi shartnomasi 2027-yilning o'rtalarigacha amal qiladi.

Fil Foden Manchester Siti safida barcha turnirlarda jami 333 ta uchrashuvda maydonga tushib, 104 ta gol urgan va 64 ta samarali uzatma bergan. Joriy mavsumda esa u Xosep Gvardiola jamoasi tarkibida 14 ta o'yinda ishtirok etib, 4 ta gol va 3 ta assist qayd etdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Manchester Siti Foden bilan shartnomani uzaytiradi