date

Tottenhem Monako futbolchisini kuzatmoqda


Monako klubi vingeri Magnes Akliush Londonning Tottenhem jamoasi skautlari eʼtiboriga tushdi. Bu haqda Football Insider nashri xabar bermoqda.

Manba maʼlumotlariga ko‘ra, Tottenhem skautlari Akliushning Fransiya terma jamoasi safida Ozarbayjonga qarshi o‘yinini kuzatishgan. Mazkur uchrashuvda 23 yoshli hujumchi 62 daqiqa maydonda harakat qilib, bitta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Tottenhem Akliushning o‘yinidan qoyil qolgan va uni o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Jamoa yozda Savio va Morgan Gibbs-Uaytni qo‘lga kirita olmagan edi.

Joriy mavsumda Akliush barcha musobaqalarda 15 uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urgan va 3 ta golli uzatma amalga oshirgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Tottenhem Monako futbolchisini kuzatmoqda