22:05 / 19.01.2017
5 551

«Real» klubining 40 ta o‘yindan iborat mag‘lubiyatsiz seriyasining qiziqarli statistikasi

«Real» klubining 40 ta o‘yindan iborat mag‘lubiyatsiz seriyasining qiziqarli statistikasi

284 kun, 40 ta o‘yin va 3690 daqiqadan so‘ng «Real Madrid» mag‘lubiyatga uchradi. Ushbu 40 ta mag‘lubiyatsiz o‘yinlardan qanday voqealar esda qoldi? Ispaniyaning mashhur Marca nashri ushbu seriyaga oid eng qiziqarli statistikani taqdim etdi, unda: qaysi futbolchi ko‘proq harakat qildi, kim ko‘p gol urdi, jamoa qanday natijalar ko‘rsatdi va boshqalar ma’lumotlar o‘rin olgan.

Ushbu mag‘lubiyatsiz seriya o‘tgan yilning 9 aprelida La Liganing 32-turida boshlandi, «Santyago Bernabeu»da «Eybar»ga qarshi kechgan uchrashuvda madridliklar 4:0 hisobida ustun keldilar. Shundan so‘ng «Madrid» mag‘lubiyat nimaligini unutdi va bu o‘tgan yakshanbagacha davom etdi, ungacha 32 g‘alaba va 8 durang, shuningdek 23 (!) xil natija ko‘rsatildi. Tabloda ko‘proq 3:0, 1:1 va 2:1 hisoblari yondi, eng yirik natija esa Ispaniya Kubogi doirasida «Kultural Leonesa» (7-1) klubiga qarshi kechgan uchrashuvda qayd etildi. Bu vaqt ichida «Real» 116 gol urib, o‘z darvozasidan 41 ta to‘p olib chiqqan va atigi bir martta EChL yarim final bahsi doirasida «Manchester Siti»ga qarshi kechgan uchrashuvda raqib darvozasiga gol qirita olmagan.

Ushbu 3690 daqiqa ichida «Real» uch bora qo‘shimcha bo‘limlarda harakat qildi va ularning uchtasi ham finallarga to‘g‘ri keldi: «Atletiko» bilan EChL finalida, «Sevilya» bilan Evropa Superkubogida va «Kashima»ga qarshi klublar o‘rtasidagi JCh finalida. 1970 daqiqa mobaynida «qaymoqranglilar» hisobda oldinda bordilar, 1460 daqiqa tabloda muvozanat teng turdi va atigi 260 daqiqa jamoa hisobda ortda borgan. Ushbu seriyaga hissa qo‘shgan futbolchilar 30 nafarni tashkil qiladi: uchrashuvlarda maydonga eng ko‘p tushgan futbolchi Lukas Vaskes (33) bo‘lsa, eng ko‘p vaqt maydonda harakatlangan futbolchi esa Toni Kroos (2670 daqiqa). Ushbu 30 ta futbolchining uchtasi darvozabon bo‘lgan bo‘lsa, 10 ta – himoyachi, 7 ta – yarim himoyachi va 10 ta hujumchi. Qizig‘i shundaki, ushbu 30 futbolchidan to‘rttasi madridliklar safida debyutlarini o‘tkazdilar, bular: Enso, Texero, Mariano va Yanes.

Agar gol mualliflariga to‘xtaladigan bo‘lsak, albatta ushbu statistikada Ronaldu 26 ta gol bilan peshqadam, undan so‘ng Benzema (15) va Beyl (11) o‘rin olgan. 9 apreldan so‘ng gol urmagan futbolchilar esa Koentrao, Mayoral, Arbeloa, Edegor va Texerolardir. «Real Madrid» beshta turli xil musoboqalarda 40 ta o‘yin o‘tkazdi, sakkizta mamlakatning 28 xil klubi bilan bahs yuritdi. Eng ko‘p to‘qnash kelingan jamoa esa seriyaga nuqta qo‘ygan - «Sevilya» bo‘ldi: unga qarshi «Qirollik klubi» vakillari ikkita g‘alaba va bir durangga erishdilar.

Manba: www.fut.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Real» klubining 40 ta o‘yindan iborat mag‘lubiyatsiz seriyasining qiziqarli statistikasi