Roma APL hujumchisiga ko'z tikdi

Roma APL hujumchisiga ko'z tikdi
Roma jamoasi qishki transfer oynasida hujum chizigʻini kuchaytirishni maqsad qilgan. Seriya A klubi transfer bozorini oʻrganib, "Tottenhem" hujumchisi Matis Telga qiziqish bildirgan.

La Gazzetta dello Sport xabariga koʻra, Roma Telni 2025/2026 yilgi mavsumning ikkinchi qismiga ijaraga olishga tayyor. "Tottenhem" esa futbolchini sotishga tayyor emas, biroq ijaraga berish takliflarini koʻrib chiqishga ochiq.

Angliya chempionatining joriy mavsumida Tel atigi 8 oʻyinda maydonga tushgan, shundan uchtasida asosiy tarkibda oʻynagan. Ushbu oʻyinlarda 20 yoshli fransiyalik hujumchi ikkita gol urishga erishgan.

Transfermarkt maʼlumotlariga koʻra, Telning transfer qiymati 35 million yevroga baholangan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar