
Real Madrid klubi prezidenti Florentino Peres "Santiago Bernabeu" stadioni uchun virtual reallik loyihasi ustida ishlayotgani haqida maʼlumot berdi. Uning soʻzlariga koʻra, bu loyiha orqali dunyoning istalgan burchagidagi muxlislar oʻzlarini xuddi stadionda oʻtirgandek his qilishlari mumkin boʻladi.
"Bu sport tarixidagi muhim qadam boʻlib, ilgari bunday narsa boʻlmagan", – deya taʼkidladi Peres Madrid Zone nashriga bergan intervyusida. Eslatib oʻtamiz, "Santiago Bernabeu" – Real Madridning uy stadioni boʻlib, uning sigʻimi 80 mingdan oshadi.
Hozirda Real Madrid Ispaniya La Ligasida 12 ta tur oʻyinidan keyin 31 ochko jamgʻarib, musobaqa jadvalida yetakchilik qilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.