date

Jerar Martin: 'Barselona'ning himoyadagi muammolari haqida


'Barselona' himoyachisi Jerar Martin jamoaning bu mavsumdagi himoya chizig‘idagi muammolar borasida o‘z fikrlarini bildirdi. 'Ko‘k-anorranglilar' shu mavsum La Liga va Chempionlar ligasida o‘tkazgan 16 o‘yinda 20 ta gol o‘tkazib yubordi.

Martin bunday dedi: 'Jamoa shuncha gol o‘tkazayotgani himoyachilar uchun juda qiyin, garchi himoyada barcha qatnashsa ham. Biz bu vaziyatni tuzatish ustida ishlayapmiz va ishonamanki, bu borada o‘sishga erishamiz.

Muammo kichik detallarda, lekin ular katta muammolarga aylanmoqda. Bizning o‘yin uslubimizda asosiy jihat sifatli pressingdir.

Agar biz intensiv pressing qilamiz, raqiblar pasda o‘ynashda qiyinchilikka duch keladi. Bu esa himoya chizig‘ining ishini ancha osonlashtiradi.

Ammo hozir raqiblar bizni yaxshiroq o‘rganib chiqishdi, zaif tomonlarimizni puxta tahlil qilishdi. Shu sababli biz har doim 100 foiz tayyor bo‘lishimiz kerak.

Menimcha, biz o‘tgan mavsum muvaffaqiyat keltirgan o‘yin uslubimizdan voz kechmasligimiz kerak. Bu usulda o‘ynash men uchun qulay.

Faqat ishlamayotgan jihatlarni tuzatishimiz lozim.' Hozirda 'Barselona' La Liga turnir jadvalida 12 turdan keyin 28 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Jerar Martin: 'Barselona'ning himoyadagi muammolari haqida