date

Ugo Ekitike: Natijalarimni yaxshilashga harakat qilyapman


“Liverpul” hujumchisi Ugo Ekitike o'zining hozirgi sport formasi haqida fikr bildirdi. Klubning qimmatbaho yangi futbolchisi so'nggi sakkizta o‘yinda atigi bitta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

"O'zimni rivojlanib borayotgandek his qilyapman. Garchi hozircha ko'p gol ura olmayotgan bo'lsam-da, o'yinimning ayrim jihatlarini yaxshilashga erishdim.

Eng muhimi, o'z ustimda ishlashda davom etishdir va bu amalga oshmoqda. Ishonamanki, natijalar uzoq kuttirmaydi", – deydi 23 yoshli futbolchi ingliz matbuotiga bergan intervyusida.

“Liverpul” Ugo Ekitikeni o‘tgan yozda Frankfurtning “Ayntraxt” klubidan 95 million yevro evaziga sotib olgan edi. Shanba kuni Arne Slot jamoasi o‘z uyida Angliya Premer-ligasi doirasida “Nottingem Forest”ni qabul qiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Ugo Ekitike: Natijalarimni yaxshilashga harakat qilyapman