
Mashhur "Liverpul"ning sobiq futbolchisi Jeymi Karragerning fikricha, Arne Slot jamoasi qishki transfer oynasida kuchayishga muhtoj. "Qizillar" yozgi transferlar vaqtida yangi futbolchilar uchun katta mablagʻ sarflashdi, biroq asosiy eʼtibor hujum chizigʻini mustahkamlashga qaratilgan edi.
"Liverpul" yanvar oyida yangi futbolchi sotib olishi kerak. Ular markaziy himoyachiga muhtoj, – dedi Sky Sports eksperti Jeymi Karrager.
Mersisaydliklar Mark Gexini qoʻlga kiritishga qiziqish bildirishni davom ettirmoqda. "Kristal Pelas" sardorini sotib olishga boʻlgan urinishlar yozda amalga oshirilgan edi, ammo kelishuv amalga oshmay qolgan.
Joriy Premyer-liga mavsumining 11-turidan soʻng "Liverpul" turnir jadvalida sakkizinchi oʻrinni egallab turibdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.