2016 yilgi mavsumni Toshkentning “Lokomotiv” klubi safida o‘tkazgan yarim himoyachi Artur Gevorkyan va himoyachi Nemanya Yanichich “temiryo‘lchilar”ni tark etdi.
Har ikki futbolchining shartnoma muddati o‘z nihoyasiga etgani bois klub murabbiylar shtabining qaroriga ko‘ra shartnoma uzaytirilmadi. Natijada serbiyalik va turkmanistonlik legioner erkin agentga aylandi.
O‘tgan mavsumda Artur Gevorkyan “temiryo‘lchilar”ning 19 o‘yinida maydonga tushib, 1 ta gol kiritgan. Serbiyalik himoyachi esa “Lokomotiv” tarkibida 22 uchrashuvda ishtirok etgandi.
“Lokomotiv” yangi mavsum oldidan jami 6 nafar futbolchi bilan xayrlashishga ulgurdi. Gevorkyan va Yanichichdan avval klubni Ivan Nagaev tark etgandi. Server Jeparov Eronning “Istiqlol” klubi bilan, Temurxo‘ja Abduxoliqov va Sanjar Shoahmedov esa Qatarning “Al-Sayliya” jamoasi bilan shartnoma imzolagandi.
O‘z navbatida, “Lokomotiv” ikki nafar ivuarlik futbolchi — 19 yoshli hujumchi Gnoxere Krizo va 23 yoshli himoyachi Muhammad Kone bilan shartnoma imzoladi.
Manba: www.the-uff.com “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Qirg‘iziston budjetiga korrupsionerlardan misli ko‘rilmagan miqdorda mablag‘ qaytarildi
Isroillik ravvinni o‘ldirishda gumonlangan uch kishi ushlandi
Putinning yadroviy ogohlantirishi — "Oreshnik" nimalarga qodir?
Mashhur kosmetolog Krishtianu Ronalduni sudga berdi
Ukrainada Tramp nomzodi tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga taklif qilindi
BAAda isroillik rohibning o‘limida gumonlanayotgan o‘zbekistonliklar ushlandi