
“Barselona” bosh murabbiyi Hans-Diter Flik o‘z jamoasining kelajagi haqida optimistik fikr bildirdi. "Ehtimol, bizga kerakli ishonch yetishmayotgandir.
Ammo hozir ayrim futbolchilar safga qaytmoqda va bu bizga juda yordam beradi. Jamoamiz ajoyib, agar biz Vigo shahridagi o‘yinda ko‘rsatgan darajamizda o‘ynashda davom etsak, hammasi yaxshi bo‘ladi", — deya Flikning so‘zlarini keltiradi Goal nashri.
"Barselona" hozirda Ispaniya chempionatining turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Flik jamoasi "Real"dan uch ochko ortda qolmoqda.
Shanba, 22-noyabr kuni "Barselona" o‘z maydonida "Atletik"ni qabul qiladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.