Flik yangilangan 'Kamp Nou'dagi o'yin haqida gapirdi

'Barselona' shanba kuni yangilangan 'Kamp Nou' stadionida ilk uchrashuvni o'tkazadi. Uchrashuvda 'ko'k-anorranglilar' 'Atletik' jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
Shu munosabat bilan 'Barselona' bosh murabbiyi Xans-Diter Flik o'z fikrlarini bildirdi. "'Atletik' – juda kuchli raqib, ular Chempionlar ligasida o'ynaydi.
Jamoa tarkibida juda ko'p sifatli futbolchilar bor. Bu bizning nimalarga qodir ekanligimizni ko'rsatish uchun yaxshi imkoniyat.
'Kamp Nou'ga qaytish bizga yordam beradimi? Albatta, biz uy o'yinlarini 'Kamp Nou'da o'tkazishni afzal ko'ramiz.
Ochiq mashg'ulot kuni zinadan ko'tarilib, maydonga chiqqanimda, bu hayratlanarli tuyg'u bo'ldi. O'ylaymanki, bu bizga qo'shimcha turtki beradi.
Bu yerda muxlislar tribunalarga yaqinroq. 'Montjuik'da ham muxlislarimiz bilan yaxshi aloqada edik, ammo bu yer haqiqiy futbol stadioni va bosim yanada yuqori', – dedi Flik matbuot anjumanida.
Ma'lumki, 'Kamp Nou'da hozircha o'yinlar cheklangan sig'imda – taxminan 45 ming tomoshabin bilan o'tkazilishi mumkin.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Shu munosabat bilan 'Barselona' bosh murabbiyi Xans-Diter Flik o'z fikrlarini bildirdi. "'Atletik' – juda kuchli raqib, ular Chempionlar ligasida o'ynaydi.
Jamoa tarkibida juda ko'p sifatli futbolchilar bor. Bu bizning nimalarga qodir ekanligimizni ko'rsatish uchun yaxshi imkoniyat.
'Kamp Nou'ga qaytish bizga yordam beradimi? Albatta, biz uy o'yinlarini 'Kamp Nou'da o'tkazishni afzal ko'ramiz.
Ochiq mashg'ulot kuni zinadan ko'tarilib, maydonga chiqqanimda, bu hayratlanarli tuyg'u bo'ldi. O'ylaymanki, bu bizga qo'shimcha turtki beradi.
Bu yerda muxlislar tribunalarga yaqinroq. 'Montjuik'da ham muxlislarimiz bilan yaxshi aloqada edik, ammo bu yer haqiqiy futbol stadioni va bosim yanada yuqori', – dedi Flik matbuot anjumanida.
Ma'lumki, 'Kamp Nou'da hozircha o'yinlar cheklangan sig'imda – taxminan 45 ming tomoshabin bilan o'tkazilishi mumkin.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…