date

Inter va Milan hozir kuchaygan holatda


Italiyaning "Milan" klubi sobiq futbolchisi Demetrio Albertini kelayotgan futbol turidagi asosiy o'yinni intiqlik bilan kutmoqda. Unda ikki Milan klubi – "Inter" va "Milan" o'zaro to'qnash keladi.

"Bu o'yinni katta qiziqish bilan kuzataman. Umid qilamanki, u juda chiroyli bo'ladi.

Aniq favoritni ajratish qiyin. Hozirda har ikkala jamoa kuchaygan holatda.

O'tgan mavsum oxiridagi muvaffaqiyatsizliklardan keyin "Inter"dan ko'p narsa kutmagandim, ammo ular yangi murabbiy bilan o'zlarini yaxshi tiklashdi va turnir jadvalida yetakchilikni loyiq ravishda qo'lga kiritishdi," – dedi Albertini pianetamilan.it bilan suhbatda. Eslatib o'tamiz, "Milan" va "Inter" yakshanba kuni maydonga tushadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Inter va Milan hozir kuchaygan holatda