Donnarumma: "Tonali menga gol ura olmaydi"

Donnarumma: "Tonali menga gol ura olmaydi"
"Milan"ning sobiq jamoadoshlari – Janluiji Donnarumma va Sandro Tonali Angliya Premyer-ligasining navbatdagi turida o'zaro to'qnash kelishadi. "Manchester Siti" jamoasi "Nyukasl"ga qarshi maydonga tushadi, o'yin shanba kuni kechqurun bo'lib o'tadi.

Donnarumma italiyalik jurnalistlarga Tonaliga gol urishga yo'l qo'ymasligini aytdi. "Biz suhbatlashdik va u menga gol urishini va'da qildi.

Ammo men unga bu sodir bo'lmasligini aytdim. Hazillarni bir chetga qo'yadigan bo'lsak, "Siti" uchun bu safar juda qiyin o'yin bo'ladi, ayniqsa mehmon o'yinida," – dedi Donnarumma derbyderbyderby.it nashriga.

Ta'kidlash joizki, ushbu mavsumda Angliya Premyer-ligasida Sandro Tonali hali gol urmagan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar