
Manchester Siti bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Erling Haalandni afsonaviy futbolchi Alan Shirer bilan solishtirdi. Angliyalik Shirer Premer-liga tarixidagi eng yaxshi toʻpurar boʻlib, 260 ta gol bilan rekordni qoʻlga kiritgan.
Norvegiyalik Haaland esa hozirda 99 ta gol urgan boʻlib, bunga atigi 108 oʻyinda erishgan. "Haaland qanday natijalarga erishmasin, Shirerning buyukligi oʻzgarmaydi.
Men uzoq yillar davomida gol urishni davom ettirgan oʻyinchilarga chuqur hurmat bilan qarayman. Bu ulkan matonat talab qiladi.
Haalandni Shirer bilan bir qatorga qoʻyishning oʻziyoq koʻp narsani anglatadi. Matematik boʻlish shart emas: agar Haaland uzoq vaqt davomida oʻynashda davom etsa va shu tezlikda gol uraversa, u Shirer va Keynga yaqinlashishi mumkin.
Lekin kelajakni oldindan aytib boʻlmaydi", – dedi Gvardiola. Bugun "Manchester Siti" Shirer koʻp yillar davomida oʻynagan "Nyukasl"ga qarshi maydonga tushadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.