date

Manchester Yunayted ikki futbolchi bilan xayrlashadi


Manchester Yunayted jamoasi yarim himoyachi Kazemiro va vinger Jeydon Sancho bilan xayrlashishga tayyorgarlik ko'rmoqda. Kutilishicha, har ikki futbolchi kelasi yil yozida erkin agent sifatida klubni tark etadi.

Sun Sport xabariga ko'ra, braziliyalik va ingliz futbolchilarining ketishi "qizil iblislar"ga maosh xarajatlarida 35 million yevrodan ortiq mablag'ni tejash imkonini beradi. 33 yoshli Kazemiroga Saudiya Arabistoni Pro Ligasining vakillari qiziqish bildirmoqda.

25 yoshli Jeydon Sancho esa hozirgi mavsumni Aston Villa safida ijarada o'tkazmoqda. Uni Italiya A Seriyasining bir nechta klublari bilan bog'lashmoqda.

Manchester Yunayted 11 turdan so'ng Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida yettinchi o'rinda bormoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Manchester Yunayted ikki futbolchi bilan xayrlashadi