
Germaniyaning "Maynts" jamoasi yarim himoyachisi Dominik Kor Bundesligada o‘ziga xos rekordga erishdi. Bu haqda Opta maʼlumot berdi.
Kor Bundesliganing 11-turi doirasidagi "Xoffenhaym"ga qarshi o‘yinda (1:1) 88-daqiqada maydondan chetlatildi. Bu uning Bundesligadagi to‘qqizinchi qizil kartochkasi bo‘lib, musobaqa tarixida bunday natijaga hech kim erishmagan.
Avvalgi rekord egalari Luis Gustavo ("Xoffenhaym", "Bavariya", "Volfsburg") va Yens Novotni ("Karlshrue" va "Bayer") hisobida sakkiztadan qizil kartochka bor edi. Dominik Kor 2022-yildan buyon "Maynts" tarkibida o‘ynab kelmoqda.
Shu vaqt davomida u jamoa safida 6 marta qizil kartochka olgan (2 tasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri). “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.