date

Van Deyk muxlislarning erta ketishini izohladi


“Liverpul” o'z maydonida “Nottingem Forest”ga 0:3 hisobida mag'lub bo'ldi. Ba'zi mersisaydlik muxlislar “Enfild” stadionini hakamning yakuniy hushtagi chalinishidan oldin tark etishdi.

Ushbu holat yuzasidan jamoa sardori Virjil van Deyk o'z fikrini bildirdi. “Men muxlislarning qarorini o'zgartira olmayman, agar ular stadionni erta tark etishga qaror qilishsa.

Ammo men bilaman, biz bilan ko'p narsalarni boshdan kechirgan muxlislarimiz bu qiyin vaziyatdan chiqqanimizda ham biz bilan birga bo'ladi – va shubhasiz, biz bu vaziyatdan chiqib ketamiz”, – dedi van Deyk BBCga bergan intervyusida. “Liverpul” o'zining navbatdagi o'yinini 26-noyabr, chorshanba kuni o'tkazadi.

Ushbu kunda Arne Slot boshchiligidagi jamoa Chempionlar Ligasi guruh bosqichining beshinchi turida PSVni qabul qiladi. Ayni paytda “Liverpul” Angliya Premyer-ligasi jadvalida 11-o‘rinni egallab turibdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Van Deyk muxlislarning erta ketishini izohladi