
“Liverpul” bosh murabbiyi Arne Slot “Nottingem Forest”ga 0:3 hisobida yutqazgan o‘yindan so‘ng jamoa kayfiyati haqida fikr bildirdi.
“Jamoamizning kayfiyati yomonmi? Bu tabiiy holat. 0:3 hisobida mag‘lubiyatdan keyin qanday holatda bo‘lishimiz kerak edi? Bu normal holat. Oldinda Chempionlar Ligasi o‘yinlari bor. Futbolchilar o‘zlarida kuch topib, qayta oldinga intilishlari kerak.
“Enfild”da 0:3 hisobida mag‘lubiyatga uchrashimiz kamdan kam hollarda bo‘ladi. Men futbolchilarga o‘yindan keyin muxlislar baribir qo‘shiqlar kuylayotganini aytdim. Hisob 0:3 bo‘lganida kimdir stadionni erta tark etganini g‘ayrioddiy holat deb hisoblamayman,” - deydi Slo BBC nashriga.
“Liverpul” Chempionlar Ligasi doirasida “PSV”ga qarshi o‘yinni chorshanba, 26-noyabr kuni o‘tkazadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.