Liverpul Lesterning antirekordini takrorladi

Angliya Premyer-ligasining 12-turida "Liverpul" o'z maydonida "Nottingem Forest"ga 0:3 hisobida yirik mag'lubiyatga uchradi. OptaJoe ma'lumotiga ko'ra, "Liverpul" Angliya chempioni sifatida yangi mavsumning dastlabki 12 turida oltita mag'lubiyat qayd etgan to'rtinchi jamoaga aylandi.
Bungacha bunday holat faqat 1995/96-yilgi mavsumda "Blekbern", 2015/16-yilgi mavsumda "Chelsi" va 2016/17-yilgi mavsumda "Lester" bilan yuz bergan edi. Hozirda "Liverpul" Premyer-liga jadvalida 18 ochko bilan 11-o'rinda bormoqda.
Jamoa yetakchidan sakkiz ochkoga ortda qolmoqda. Keyingi turda Arne Slot shogirdlari safarda "Vest Xem" bilan uchrashadi.

Izohlar 0
…