Oliver Bauman 500-oʻyinini oʻtkazdi

Oliver Bauman 500-oʻyinini oʻtkazdi
Bundesliganing o'n birinchi turida oʻyinlar davom etmoqda. Mainzda boʻlib oʻtgan uchrashuvda mahalliy klub "Hoffenhaym" bilan 1:1 hisobida durang oʻynadi.

Ushbu oʻyin "Hoffenhaym" darvozaboni Oliver Bauman uchun o'ziga xos ahamiyat kasb etdi, chunki u Germaniya futbolining yuqori ligasidagi 500-oʻyinini oʻtkazdi. Bauman Bundesliga tarixida bunday yutuqqa erishgan beshinchi darvozabon boʻldi.

Umuman olganda, u Germaniya oliy ligasida 500 oʻyin oʻtkazgan faqat 14-futbolchidir. Ayni paytda "Hoffenhaym" Germaniya chempionati turnir jadvalida yaxshi natija koʻrsatib, oltinchi oʻrinni egallab turibdi.

Jamoa keyingi turda "Augsburg" bilan oʻynaydi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar