date

Kompani: "Bizda qoʻrquv yoʻq"


Myunxenning "Bavariya" klubi bosh murabbiyi Vensan Kompani Chempionlar ligasi doirasidagi "Arsenal"ga qarshi oʻyin oldidan londonliklarning standart vaziyatlar boʻyicha kuchli ekanligi haqida oʻz fikrlarini bildirdi. "Topchilar" oʻz maydonida chorshanba kuni "Bavariya"ni qabul qiladi.

Murabbiydan jamoaning soʻnggi ikki oʻyinda "Frayburg" va "Union" klublaridan standart vaziyatlarda ikkita gol oʻtkazib yuborgani sababli xavotir bormi, deb soʻrashdi. "Men xotirjamman.

Oʻtkazib yuborilgan gollarda jamoaviy xatolar boʻldi. Biz qoʻrqmasligimiz kerak – xarakter koʻrsatib, dadil himoyalanishimiz lozim.

Bizning standart vaziyatlar boʻyicha oʻyinimiz ham yomon emas – bugungi oʻyinda burchak zarbasidan gol urdik. Tinchlikni saqlab, oʻz ishimizni bajarishda davom etishimiz kerak.

Ishonchim komil, biz uddalaymiz", – dedi Kompani. "Bavariya" shanba kuni "Frayburg" ustidan 6:2 hisobida irodali gʻalaba qozondi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Kompani: "Bizda qoʻrquv yoʻq"