
Barselona bosh murabbiyi Hans-Diter Flik Atletik Bilbao ustidan 4:0 hisobida qozonilgan g'alabadan so'ng hujumkor yarim himoyachi Fermin Lopesning o'yinini yuqori baholadi. 22 yoshli ispaniyalik futbolchi uchrashuvning 48-daqiqasida gol urib, hisobni 3:0 ko'rinishiga olib keldi.
"Fermin juda dinamik futbolchi va bu bizning jamoamizga katta foyda keltiradi. U har qanday vaziyatda to'pni ushlab qolishga qodir, doim jamoa uchun bo'sh joy yaratadi.
Uning o'yinlarini kuzatish haqiqatan ham yoqimli. U har doim gollar va samarali paslarga intiladi", – dedi Flik Barca Universalga bergan intervyusida.
Joriy mavsumda Fermin Lopes Barselona safida 12 o'yinda maydonga tushib, 7 ta gol va 4 ta golli uzatmani amalga oshirgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.