Laporta: Kamp Noudagi muhit boshqacha

Laporta: Kamp Noudagi muhit boshqacha
Barselona prezidenti Joan Laporta yangilangan "Kamp Nou" stadionidagi birinchi o‘yindan keyingi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Kataloniya klubi o‘z maydoniga qaytishni "Atletik Bilbao" ustidan 4:0 hisobidagi yirik g‘alaba bilan nishonladi.

"Monjuik" stadioni bizni vaqtincha qutqarib qoldi, ammo "Kamp Nou"dagi muhit butunlay boshqacha. Bu haqiqiy futbol stadioni, muxlislar to‘g‘ridan-to‘g‘ri maydon yonida joylashgan.

Qurilishning eng murakkab qismi yakunlandi, endi qolgan ishlar yanada tezroq amalga oshiriladi. Maqsadimiz – jarayonni 2026-yilga qadar yakunlash", – deya ta’kidladi Laporta The Touchline nashriga bergan intervyusida.

Barselonaning keyingi uy uchrashuvi 29-noyabr kuni "Alaves"ga qarshi bo‘lib o‘tadi. Biroq bunga qadar Xans-Diter Flik jamoasi Chempionlar ligasi doirasida Londonda "Chelsi"ga qarshi bahs olib boradi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar