
Londonning "Arsenal" klubi safida uch nafar jarohatlangan futbolchi "Tottenxem"ga qarshi derbi uchrashuviga qaytadi va o‘yinda ishtirok etishi mumkin. Bu haqda jurnalist Connor Hamm o‘z ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.
Eslatib o‘tamiz, xalqaro tanaffusdan oldin "Arsenal" safida Viktor Dyokeresh, Gabriel Martinelli, Martin Edegor va Noni Madueke jarohat sabab o‘ynay olmagan edi. Shuningdek, Kay Haverts va Gabriel Jezus uzoq muddatli jarohatdan davolanmoqda.
Xalqaro tanaffus vaqtida himoyachi Gabriel dos Santos ham jarohat olgan edi. "Arsenal" va "Tottenxem" o‘rtasidagi derbi 23-noyabr kuni kechqurun Londondagi "Emireyts" stadionida bo‘lib o‘tadi.
"Arsenal" 26 ochko bilan Angliya Premyer-ligasida peshqadam bo‘lib turibdi, "Tottenxem" esa 18 ochko bilan 8-o‘rinda joylashgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.