Van Deyk: "Murabbiyimizni xafa qildik"

“Liverpul” himoyachisi Virjil van Deyk jamoa bosh murabbiyi Arne Slot haqida fikr bildirdi. "Biz murabbiyimizni xafa qildik, lekin o‘zimizni ham xafa qildik.
Avvalo, o‘zimizga qarashimiz kerak, keyin esa bir-birimizga yordam berishimiz lozim. Hozirgi vaziyatdan chiqish uchun bir-birimizni qo‘llab-quvvatlashimiz kerak, chunki hozirgi holatni tartibsizlik deb atash mumkin.
Bu haqiqat", — deydi van Deyk jurnalist Fabritsio Romano bilan suhbatda. Angliya Premyer-ligasining 12-turida “Liverpul” o‘z maydonida “Nottingem Forest”ga 0:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Ushbu mag‘lubiyat mersisaydliklar uchun joriy mavsumdagi oltinchi marta qayd etildi. Hozirda Arne Slot jamoasi 18 ochko bilan turnir jadvalining 11-pog‘onasida joylashgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing