
Shimoliy London derbisida "Arsenal" va "Tottenhem" jamoalari o'rtasidagi o'yinda ikkinchi bo'lim juda faol boshlandi. Eberechi Eze "Tottenhem" darvozasiga gol urib, "kanonirlar"ning ustunligini uch to'pga yetkazdi – 3:0.
Shu tariqa, ingliz futbolchisi o'yinda dubl qayd etdi. U avvalroq, uchrashuvning 41-daqiqasida ham gol muallifi bo'lgan edi.
Shuningdek, "Arsenal"ning yana bir goli Leandro Trossar tomonidan kiritildi. Eslatib o'tamiz, yoz faslida Eze "Tottenhem" futbolchisiga aylanishi mumkin edi va transfer kelishuvi ehtimoli juda yuqori bo'lgan.
Biroq "Arsenal" "Kristal Pelas" yulduzini o'z safiga qo'shib olishga muvaffaq bo'ldi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.