date

Real prezidenti La Liga rahbarini tanqid qildi


Dekabr oyida "Vilyarreal" va "Barselona" jamoalari oʻrtasidagi uchrashuvni Mayamida oʻtkazish rejalashtirilgan edi, ammo noroziliklar sabab bu gʻoya rad etildi. Bu masala yuzasidan "Real" prezidenti Florentino Peres oʻz fikrini bildirdi.

"La Liga prezidenti oʻyinlarni Ispaniyadan tashqarida oʻtkazishni targʻib qilayotgani gʻayrioddiy holat. Buni hatto "Barselona" sardori Frenki de Yong ham qoʻllab-quvvatlamadi.

Shuningdek, La Liganing "Barselona" va "Vilyarreal" klublarini Mayamidagi oʻyin uchun moliyaviy qoʻllab-quvvatlashi ham normal emas. Shu bilan birga, biz La Liga rahbari janob Tevasning bu holatni NFL oʻyinlari bilan solishtirayotganini eshitishimiz kerak.

Bu asossiz taqqoslash, sababi NFLda barcha klublar buni qoʻllab-quvvatlagan edi. Mayamidagi oʻyinda esa bunday koʻmak yoʻq.

Hatto UEFA ham bu tashabbusni qoʻllab-quvvatlamadi," – dedi Peres Marca nashriga bergan intervyusida. Yakshanba kuni "Real" Ispaniya chempionati doirasida "Elche" jamoasiga qarshi safar oʻyinini oʻtkazadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Real prezidenti La Liga rahbarini tanqid qildi