
"Manchester Yunayted" hujumchisi Joshua Zirkzee yanvar oyida Italiyaga qaytishi mumkin. Gollandiyalik futbolchini o'z safiga qo'shib olishga qiziqish bildirgan "Roma" klubi "qizil iblislar" bilan muzokaralarni boshladi.
Tomonlar ijara shartlarini muhokama qilmoqda. Tuttomercatoweb xabariga ko'ra, kelishuvga sotib olish majburiyati qo'shilishi mumkin, bu esa Rim klubi joriy mavsum yakunida Chempionlar ligasiga yo'llanma olgan taqdirda kuchga kiradi.
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ruben Amorim joriy mavsumda 24 yoshli hujumchini atigi to'rt marta maydonga tushirdi, ularning barchasida Zirkzee zaxiradan o'yinga qo'shildi. Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining qiymati 28 million yevroni tashkil etadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.