date

Laporta Xavi iste’fosini izohladi

Laporta Xavi iste’fosini izohladi
Barselona prezidenti Joan Laporta Xavi Ernandesning jamoa bosh murabbiyligi lavozimidan ketishi borasida izoh berdi. Ispaniyalik mutaxassis 2021 yildan 2024 yilgacha "koʻk-anorranglilar"ni boshqargan.

Laportaning soʻzlariga koʻra, Xavi mavsum oxirida Barselonadan ketishini e’lon qilgan, biroq keyinchalik u uchrashuv oʻtkazishni va vaziyatni muhokama qilishni soʻragan. "U menga oʻz ishini davom ettirishni xohlashini aytdi.

Men unga faqat bitta savol berdim: 'Xavi, sen bu jamoaga ishonasanmi?' U: 'Men 100% ishonaman, bu futbolchilarni chempion qilaman', deb javob berdi. Biroq oradan bir hafta oʻtib, u menga raqobatbardosh jamoa tuzish uchun ikki yil kerak boʻlishini aytdi.

Men esa oʻzimga: 'Bu yerda nima boʻlyapti?' deb oʻyladim", — deydi Laporta. Prezidentning ta’kidlashicha, keyinchalik Xavi sport direktori Deko bilan bogʻlanib, transferlar boʻyicha talablar qoʻygan va ayrim futbolchilar bilan xayrlashish zarurligini bildirgan.

Laporta Xavini hurmat qilishini, ammo ushbu vaziyat unga kuchli ta’sir qilganini va shuning uchun qiyin qaror qabul qilishga majbur boʻlganini tan oldi. Bu qarorlar ilgari Messi, Alba va Buskets holatlarida ham qabul qilingan edi.

Ayni paytda Barselona bosh murabbiyi lavozimini Xans-Diter Flik egallamoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Laporta Xavi iste’fosini izohladi