date

Vikario: Bunday o‘yinni qabul qilib bo‘lmaydi

Vikario: Bunday o‘yinni qabul qilib bo‘lmaydi
Tottenhem darvozaboni Gulyelmo Vikario Arsenalga qarshi derbidagi (1:4) yirik mag'lubiyatdan so'ng o'z fikrlarini bildirdi. Kanonirlar yakshanba kuni o'z maydonida o'tgan derbida Eberechi Ezening xet-triki va Leandro Trossarning goli evaziga ishonchli g'alabaga erishdi.

Tottenhemning yagona to'pini esa Risharlison kiritdi. "Og'ir kecha.

Avvalo bizni qo'llab-quvvatlagan va kurashishimizni kutgan muxlislardan uzr so'ramoqchiman. Afsuski, bugun biz kurasha olmadik.

Bu darajada bunday o'yin qabul qilib bo'lmaydi. Juda og'riqli mag'lubiyat, lekin biz birlashgan holda qolishimiz kerak.

O'z imkoniyatlarimizni ko'rsata olmadik. O'yin rejasi ishlamadi", – dedi Vikario Sky Sportsga bergan intervyusida.

Chorshanba kuni Shporlar Chempionlar Ligasi doirasida PSJ bilan bahs olib boradi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Vikario: Bunday o‘yinni qabul qilib bo‘lmaydi