date

Trent mavsumning eng yomon ko'rsatkichini qayd etdi


Yakshanba kuni Madridning "Real" klubi La Liganing 13-turi doirasida "Elche" bilan bahs olib bordi. Jamoaning o'ng qanot himoyachisi Trent Aleksander-Arnold uchrashuvni boshidan oxirigacha o'ynadi, ammo "qirollik klubi"ga (2:2) g'alabani ta'minlashda yordam bera olmadi.

Opta ma'lumotlariga ko'ra, ingliz futbolchisi o'yin davomida 25 marta to'pni yo'qotdi. Bu "Real"ning joriy mavsumdagi antirekordidir va aprel oyidan beri eng yuqori ko'rsatkichdir (o'shanda Vinisius Junior "Atletik Bilbao"ga qarshi o'yinda 33 marta to'pni yo'qotgan edi).

Trent Aleksander-Arnold joriy yil yozida "Liverpul"dan "qirollik klubi"ga qo'shilgan edi. 27 yoshli futbolchi "Real" safida barcha musobaqalarda jami 13 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Trent mavsumning eng yomon ko'rsatkichini qayd etdi