Flik: Jarohatlardan nolimaymiz, faqat oldinga!

Flik: Jarohatlardan nolimaymiz, faqat oldinga!

Flik: Jarohatlardan nolimaymiz, faqat oldinga!
“Barselona” bosh murabbiyi Hans-Diter Flik jamoa holati haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Shanba kuni kataloniyaliklar “Atletik Bilbao”ga qarshi o‘yinda 4:0 hisobida g‘alaba qozonishdi.

Asosiy tarkibdan jarohatdan tiklangan Xoan Garsiya va Lamin Yamal maydonga tushdi, shuningdek, o‘yin so‘ngida Rafinya Dias ham maydonga chiqdi. Ammo jarohatlar muammosi hali hamon dolzarb: Pedri, Gavi va Markus Reshford “ko‘k-anorranglilar”ga “Kamp Nou”ga qaytgandan keyingi ilk uchrashuvda yordam bera olmadilar.

"Men ijobiy kayfiyatdaman va barcha futbolchilarimizga ishonaman. Jamoamizda juda ko‘p yaxshi futbolchilar bor – biz jarohatlardan shikoyat qilmaymiz.

Mavjud tarkibga eʼtibor qaratib, ishimizni davom ettirishimiz lozim," – deya ta’kidladi Flik o‘yindan keyingi intervyusida. Kelasi seshanba kuni “Barselona” Chempionlar Ligasi doirasida safarda “Chelsi” bilan kuch sinashadi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar